Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Rodri va Kanselu "Barselona" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Rodri va Kanselu "Barselona" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Baho:
+1 | -

"Barselona" Rodri va Joau Kanseluni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha ishlarini yakunlash arafasida.

Avvalroq Ispaniyalik yarim himoyachi Rodri "Manchester Siti"dan "Barselona"ga bonuslar bilan birga 76,5 million yevro evaziga o‘tishi xabar qilingandi. Portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu esa "Al-Hilol" bilan shartnomasini bekor qilganidan so‘ng kataloniyaliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shilishi kutilmoqda.

Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, bugun ertalab har ikki futbolchi "Barselona" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.

Kataloniya klubi Rodrini bugunning o‘zida klub ofisida yopiq tadbir doirasida tanishtirishni rejalashtirmoqda. Yarim himoyachini "Kamp Nou"da rasman taqdim etish varianti ham ko‘rib chiqilgan, ammo stadionda davom etayotgan qurilish ishlari bilan bog‘liq qiyinchiliklar sabab bu rejadan voz kechilgan.

Kiritildi: 16:49, 18.08.2026.
O'qildi: 1102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик