Germaniyalik hujumchi Niklas Fyullkrug "Vest Xem Yunayted"dan ijara asosida "Verder"ga o‘tdi. Bu haqda Bremen klubining rasmiy sayti xabar berdi.
Klublar o‘rtasidagi ijara shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.
Fyullkrug "Verder" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va avval ham klubning asosiy jamoasi safida to‘p surgan. Shuningdek, germaniyalik futbolchi faoliyati davomida "Groyter Fyurt", "Nyurnberg", "Gannover-96", Dortmundning "Borussiya"si va "Milan" klublarida o‘ynagan.
Hujumchi 2026 yil yanvaridan "Milan" safida ijara asosida harakat qildi. U "rossonerilar" tarkibida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Fyullkrugning hozirgi bozor qiymati 3,5 mln yevroni tashkil etadi.













