Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" Konsani asosiy maqsad qildi, bir nechta futbolchi ketish arafasida

"Arsenal" Konsani asosiy maqsad qildi, bir nechta futbolchi ketish arafasida

Baho:
+ | -

"Arsenal" futbolchisi Maylz Lyuis-Skelli uchun so‘nggi hafta ancha voqealarga boy o‘tdi. U "Komo"ga qarshi bahsda gol urdi, "Manchester Siti"ga qarshi Community Shield uchrashuvida esa Rikkardo Kalafyorining dastlabki goliga assistentlik qildi.

Shu bilan birga, futbolchi kelajagini "Arsenal" bilan bog‘lamoqda. Unga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan bo‘lsa-da, Lyuis-Skelli "Emireyts"da qolish niyatida.

The Athletic jurnalisti Jeyms Maknikolas ma’lumotiga ko‘ra, Gabriel Martinelli ham "Galatasaroy"ning 45 mln yevrolik taklifini rad etgan. Shunga qaramay, "Arsenal" va Turkiya klubi boshqa ehtimoliy transferlar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

"Arsenal" 1 sentyabrga qadar himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida. Klubning asosiy maqsadi "Aston Villa" futbolchisi Ezri Konsa bo‘lib turibdi. Biroq birmingemliklar futbolchini 60 mln funtga baholayotgani sabab londonliklar boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida Jarrell Kuansax ham bor.

Jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan Fabiu Viyeyraning "Gamburg"ga, Reys Nelsonning esa "Vest Xem"ga o‘tishi kutilmoqda.

Etan Nvanerining vaziyati esa "murakkab" deb baholanmoqda. Sababi, uning asosiy jamoada muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun raqobat juda yuqori. Akademiya tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Nvanerining balans qiymati nolga teng ekani sabab, uning sotilishi "Arsenal" uchun to‘liq sof foyda sifatida qayd etiladi.

Kiritildi: 19:13, 18.08.2026.
O'qildi: 1503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик