Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

"Nyukasl" yarim himoyani kuchaytirish uchun "Manchester Siti" futbolchisini sotib olmoqchi

"Nyukasl" yarim himoyani kuchaytirish uchun "Manchester Siti" futbolchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" "Manchester Siti"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Niko Gonsales transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda. The Athletic xabariga ko‘ra, "qarg‘alar" Sandro Tonalining "Tottenxem"ga va Bruno Gimaraesning "Arsenal"ga ketishidan so‘ng markaziy chiziqni kuchaytirish niyatida.

Niko Gonsales 2025 yil yanvarda "Portu"dan "Manchester Siti"ga 60 million yevro evaziga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Yanvardan keyin esa APL bahslarida bor-yo‘g‘i ikki marta boshlang‘ich tarkibda o‘ynadi.

Shunga qaramay, 24 yoshli futbolchi avvalroq "Siti"dagi o‘yin vaqtidan qoniqish hosil qilayotgani va jamoada qolishni istashini aytgandi.

"Nyukasl" joriy yozda allaqachon 6 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Biroq jamoaning yangi bosh murabbiyi Mattias Yayssle yarim himoyani yanada kuchaytirishni istamoqda. Gonsales bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Kiritildi: 23:41, 18.08.2026.
O'qildi: 1445 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик