Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘zining hozirgi holatini 2013 yildagi davri bilan solishtirdi.
Portugaliyalik mutaxassis 13 yil avval "Real"da uch yil ishlaganidan so‘ng klubni tark etgan edi. Joriy yozda esa u ketma-ket ikki muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin jamoaga qaytdi.
"Men ko‘p jihatdan o‘zgardim — ham inson, ham murabbiy sifatida. Ha, DNKm o‘sha-o‘sha, men boshqa inson bo‘la olmayman. Ammo ancha yetuklashdim, hissiyotlarga kamroq beriladigan bo‘ldim. Endi o‘zimni yaxshiroq nazorat qila olaman", — dedi Mourinyo El Chiringuito'ga bergan intervyusida.
"Special One"ning "Real" bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Shanba kuni madridliklar La Liganing yangi mavsumi 1-turida "Espanyol"ga qarshi maydonga tushadi.













