Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo nafaqat futbolchilarga, balki o‘ziga nisbatan ham yuqori talab qo‘yadi.
Marca nashri ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassisning o‘ziga xos qoidasi bor — u mashg‘ulotlarga har doim futbolchilardan oldin keladi.
Bu faqat intizom bilan bog‘liq emas. Mourinyo mashg‘ulotning ilk daqiqalaridan boshlab futbolchilarning har bir harakatini kuzatish va ularga tushadigan yuklamani to‘g‘ri taqsimlashni istaydi.
Shuningdek, "O‘ziga xos" qaysi futbolchi ertaroq kelishi, kim kech qolishi, kim ishga to‘liq e’tibor qaratishi va kim mashg‘ulotlarga yetarlicha jiddiy yondashmasligini ham diqqat bilan kuzatib boradi.
Mourinyo iyun oyida "Real"ga qaytdi va jamoani tark etgan Alvaro Arbeloa o‘rnini egalladi.













