Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Manchester Siti» Aleks Skott transferi bo‘yicha muzokara boshladi

«Manchester Siti» Aleks Skott transferi bo‘yicha muzokara boshladi

Baho:
+ | -

«Bornmut» markaziy yarim himoyachisi Aleks Skott faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin.

Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, «shaharliklar» 22 yoshli angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, Angliya vise-chempioni Skottning ehtimoliy transferi bo‘yicha «Bornmut» bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

«Bornmut» Skottni 2023 yilda «Bristol Siti»dan 23 mln yevro evaziga xarid qilgan edi. Ayni paytda Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 mln yevro deb baholamoqda.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:02, 19.08.2026.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик