Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«Yuventus» darvozabonini «Marsel»ga o‘tishga rozilik berdi

«Yuventus» darvozabonini «Marsel»ga o‘tishga rozilik berdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» darvozaboni Mikele di Gregorio yangi jamoaga o‘tishga tayyorlanmoqda. 29 yoshli futbolchi «Marsel» taklifiga rozilik bergan. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Fransiya klubi italiyalik golkiperni mavsum yakuniga qadar ijaraga olish niyatida. Ayni paytda «Yuventus» bilan muzokaralar davom etmoqda.

Qayd etilishicha, «Marsel» ijara muddati davomida darvozabon maoshining bir qismini Turin klubi to‘lab berishini istamoqda.

Mikele di Gregorio 2024 yildan buyon «Yuventus» safida to‘p tepib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028/29 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Yaqinda «byankoneri» Gulyelmo Vikario transferini rasman e’lon qildi. Kutilishicha, u yangi mavsumda Luchano Spalletti jamoasining asosiy darvozaboniga aylanadi.

Kiritildi: 12:14, 19.08.2026.
O'qildi: 722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик