Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Davidovich 7 yil o‘ynagan klubiga qaytdi

Davidovich 7 yil o‘ynagan klubiga qaytdi

Baho:
+ | -

Bir necha hafta avval polsha futbolchisi Pavel Davidovich Italiya chempionatiga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘shanda unga A Seriyaga qaytgan «Monsa» qiziqish bildirayotgani aytilgandi.

Biroq vaziyat boshqacha tus oldi — futbolchi bilan shartnoma imzolaganini «Verona» e’lon qildi. Qizig‘i, bu klub aksincha, yaqinda A Seriyani tark etib, B Seriyaga tushib ketgan.

Davidovichning aynan «Verona»ni tanlashiga klub bilan yaxshi tanish ekani ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Polsha futbolchisi 2018 yildan 2025 yilga qadar yetti mavsum davomida ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

Shu vaqt ichida Davidovich «Verona» safida 180 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bu haqda derbyderbyderby.it xabar berdi.

Kiritildi: 12:19, 19.08.2026.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик