Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Keyn muzokaralarga tayyor

Keyn muzokaralarga tayyor

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Myunxen klubi bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor ekanini ma’lum qildi. 33 yoshli angliyalik futbolchining amaldagi kelishuvi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

«Albatta, biz jahon chempionati va ta’tilimdan keyin muzokaralarni boshlashni rejalashtirgan edik. Aniq qachon bo‘lishini hozircha bilmayman, ammo bu shu hafta yoki keyingi haftada sodir bo‘ladi. Biz muzokaralarni boshlaymiz.

Avval ham aytganimdek, biz xotirjammiz. Menimcha, klub ham bu vaziyatga bosiqlik bilan yondashmoqda. Albatta, shartnomam tugashiga atigi bir yil qolgani uchun hozir muzokaralar uchun eng to‘g‘ri payt. Bu muhim masala. Biroq har ikki tomon ham xotirjam va muzokaralar shu yoki keyingi haftada boshlanishiga deyarli ishonchim komil», — deya Keynning so‘zlarini keltiradi BBC.

O‘tgan mavsumda Keyn barcha musobaqalar doirasida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 61 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

2026 yilgi jahon chempionatida esa u 7 ta uchrashuvda 6 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.

Kiritildi: 13:01, 19.08.2026.
O'qildi: 1602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик