Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Romano: «Manchester Siti» Enso uchun yana bir urinish qilishi mumkin

Romano: «Manchester Siti» Enso uchun yana bir urinish qilishi mumkin

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olish g‘oyasidan hali ham voz kechmagan.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchining nomzodi «shaharliklar»ning ichki yig‘ilishlarida hamon muhokama qilinmoqda. 25 yoshli futbolchining agenti Xavyer Pastore ham mijozining ehtimoliy transferi bo‘yicha muntazam ravishda muzokaralar olib bormoqda.

«Agar «Manchester Siti» yana bir bor urinib ko‘rsa va «Chelsi» bilan muzokara boshlashga harakat qilsa, bundan hayron qolmayman», — dedi Romano.

Avvalroq London klubi 14 avgustdan keyin Enso Fernandes bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqmasligi xabar qilingan edi.

Shunga qaramay, belgilangan muddat o‘tib ketgan bo‘lsa-da, yarim himoyachining «Chelsi»ni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar hanuz tingani yo‘q.

Kiritildi: 13:12, 19.08.2026.
O'qildi: 319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик