Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Barselona» Joau Kanselu transferini e’lon qilishni kechiktirdi

«Barselona» Joau Kanselu transferini e’lon qilishni kechiktirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» qanot himoyachisi Joau Kanselu bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qilish uchun biroz kutishiga to‘g‘ri keladi.

Jijantes ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq uning rasmiy taqdimoti chorshanba kuni Misrning «Al-Ahli» klubiga qarshi o‘tkaziladigan Gamper kubogi bahsigacha bo‘lib o‘tmaydi.

Manba ta’kidlashicha, transferning o‘zida hech qanday muammo yo‘q. Kechikish kichik byurokratik masalalar bilan bog‘liq va o‘tish rasman keyinroq e’lon qilinadi.

Joau Kanselu «Al-Hilol» bilan shartnomasini bekor qilish shartlari bo‘yicha ham kelishib olgan. 32 yoshli futbolchi «Barselona»ga erkin agent sifatida qo‘shiladi.

Seshanba kuni kataloniyaliklar yarim himoyachi Rodri transferini rasman e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 13:17, 19.08.2026.
O'qildi: 1430 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик