Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Manchester Yunayted» Brunu bilan yangi kelishuv bo‘yicha kelisha olmayapti

«Manchester Yunayted» Brunu bilan yangi kelishuv bo‘yicha kelisha olmayapti

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» va Brunu Fernandesh hozircha yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi.

Jurnalist Sasha Tavolyeri ma’lumotiga ko‘ra, 31 yoshli portugaliyalik futbolchi «qizil iblislar»ning so‘nggi taklifini rad etgan. Klub uning hozirgi maoshini yiliga 500 ming yevroga oshirishga tayyor bo‘lgan, ammo bu shartlar Fernandeshni qanoatlantirmagan.

Futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakuniga yetadi. Mish-mishlarga ko‘ra, Brunuga «Galatasaroy» ham qiziqish bildirmoqda.

Fernandesh «Manchester Yunayted» sardori hisoblanadi va 2020 yil yanvaridan buyon Manchester klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi Premyer-ligada 21 ta golli uzatmani amalga oshirib, musobaqa rekordini o‘rnatdi.

Kiritildi: 13:23, 19.08.2026.
O'qildi: 697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик