«Tottenxem»ning sobiq futbolchisi Jeymi O’Xara «Manchester Yunayted» klubi egalarini keskin tanqid qildi.
«Menimcha, bu — sharmandalik. Ularning Kerrikka qilgan ishi ham sharmandalik. Uni taklif qilishdi, qo‘llab-quvvatlashlarini aytishdi va imkoniyat berishdi. O‘tgan mavsumda u ajoyib ish qildi, jamoani Chempionlar ligasiga qaytardi. Ammo buning evaziga unga atigi ikki nafar yangi futbolchi berildi.
Yuri Tilemans — yaxshi futbolchi. Juda yaxshi transfer. Ammo Andre Santos haqida hozircha ishonch bilan gapira olmaymiz. Uning haqiqatan ham munosib darajadagi futbolchi ekaniga hali amin emasmiz.
«Manchester Yunayted» hali kerakli darajadan ancha uzoqda, ammo biz allaqachon ularning Chempionlar ligasida ishtirok etishi haqida gapiryapmiz. Himoya chizig‘ida esa uch-to‘rt yil avvalgi futbolchilarning o‘zi qolgan.
Lyuk Shou yana bir mavsum chap qanot himoyasida o‘ynaydi. Albatta, unga munosib baho berish kerak. Markaziy himoyada esa Garri Maguayr. Axir biz «Manchester Yunayted» haqida gapiryapmiz. Bu klub yana yetakchilar qatoriga qaytishga harakat qilishi kerak», — deya O’Xaraning so‘zlarini keltiradi ManUtd.One.













