Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Modrich «Milan» bilan shartnomasini nega uzaytirganini tushuntirdi

Modrich «Milan» bilan shartnomasini nega uzaytirganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Milan»ning 40 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrich Italiya klubi bilan shartnomasini uzaytirishga nega qaror qilganini tushuntirdi.

«O‘tgan mavsumning istalgan paytida, hatto dekabr oyida ham shartnomani yana bir yilga uzaytirishim mumkin edi. Ammo avvalo tanamni tinglashni, o‘zimni qanday his qilayotganimni, futbol o‘ynash istagim qay darajada kuchli ekanini va o‘yinga bo‘lgan ishtiyoqimni tushunishni xohladim», — deya Modrichning so‘zlarini keltiradi Cadena SER.

Modrich 2025 yil yozida «Milan» safiga qo‘shilgan. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

23 iyul kuni Italiya klubi 40 yoshli futbolchi bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirganini rasman e’lon qildi.

Modrich bunga qadar 2012 yildan 2025 yilgacha Madridning «Real» klubi sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 13:37, 19.08.2026.
O'qildi: 756 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик