Bugun, 19 avgust kuni O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan «Mash’al» — «Andijon» uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bahs soat 20:00 da G‘uzor markaziy stadionida boshlanadi va Futbol TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Jamoalar shu kunga qadar o‘zaro 37 marta to‘qnash kelgan. Bu uchrashuvlarda «Mash’al» 19 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Andijon» 13 ta bahsda ustun kelgan. Yana 5 ta o‘yin durang bilan yakunlangan.
To‘plar nisbati ham g‘uzorliklar foydasiga — 51:41.
«Mash’al»ning «Andijon» ustidan qayd etgan eng yirik g‘alabasi 6:1 hisobida bo‘lgan. Andijonliklarning eng yirik g‘alabasi esa 4:0 hisobini tashkil etadi.














