Fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba «Monako»dan ketishiga munosabat bildirdi. Tomonlar shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qildi.
“Monako” prezidenti va rahbariyatiga, jamoadoshlarimga, klubning barcha xodimlariga va menga ishongan muxlislarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu klub va Knyazlik sharafini himoya qilish men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi.
“Monako” — alohida klub. Garchi men umid qilganimdek ko‘p o‘yin o‘tkazmagan bo‘lsam-da, uning ranglarini himoya qilish imkoniyati uchun doimo minnatdor bo‘lib qolaman", — deya Pogbaning so‘zlarini keltiradi fransuz klubi rasmiy sayti.
Pogba 2025 yil yozidan buyon «Monako» futbolchisi edi. Shu vaqt davomida u atigi 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Fransiyalik futbolchi bir qator o‘yinlarni jarohatlar sabab o‘tkazib yuborgan.
Avvalroq OAV Pogba jamoaning Angliyadagi yig‘ini chog‘ida yana jarohat olgani haqida xabar bergan edi.













