Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

"Tottenxem" Kodi Gakpo transferi ustida ishlashda davom etmoqda

"Tottenxem" Kodi Gakpo transferi ustida ishlashda davom etmoqda

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning niderlandiyalik hujumchisi Kodi Gakpo hamon Londonning "Tottenxem" klubiga o‘tishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, transfer amalga oshmay qolishi mumkinligi haqidagi xabarlarga qaramay, "shporlar" Gakponi o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Futbolchining o‘zi ham "Tottenxem"ga o‘tishga ijobiy munosabatda, shu bois shaxsiy shartnoma shartlari borasida muammo yo‘q.

Manbaga ko‘ra, endi poytaxt klubi transfer summasi bo‘yicha "Liverpul" bilan kelishuvga erishishi kerak.

O‘tgan mavsumda 27 yoshli Gakpo barcha musobaqalar doirasida 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Kodi Gakponing bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:50, 19.08.2026.
O'qildi: 785 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик