Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Mourinyo 13 yil ichida qanday o‘zgarganini aytdi

Mourinyo 13 yil ichida qanday o‘zgarganini aytdi

Baho:
+ | -

“Real” bosh murabbiyi Joze Mourinyo 2013-yilda klubni tark etganidan buyon o‘zida qanday o‘zgarishlar yuz bergani haqida gapirdi. Portugaliyalik mutaxassis 13 yil avvalgi Mourinyo bilan hozirgi holatini taqqoslab, ham inson, ham murabbiy sifatida ancha o‘zgarganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xarakteri va futbolga bo‘lgan yondashuvining asosi o‘zgarmagan. Biroq mutaxassis yillar davomida ancha tajriba to‘plab, vazminroq bo‘lib qolganini, avvalgiga qaraganda hissiyotlarini yaxshiroq nazorat qilishni o‘rganganini qayd etgan.

“Men ko‘p jihatdan o‘zgardim — ham inson, ham murabbiy sifatida. Menda o‘sha DNK saqlanib qolgan, lekin endi ancha yetukman, kamroq hissiyotga berilaman va o‘zimni yaxshiroq nazorat qila olaman”, dedi portugaliyalik mutaxassis El Chiringuito dasturiga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo “Real”da 2010–2013-yillar oralig‘ida faoliyat yuritgan va joriy yozda yana Madrid klubiga qaytgan. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:23, 19.08.2026.
O'qildi: 965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик