O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan "Mash’al" va "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
G‘uzordagi "Markaziy" stadionida o‘tgan bahsda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 53-daqiqada kiritildi. Imeda Ashortianing uzatmasidan so‘ng Po‘latxo‘ja Xoldorxonov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, "Andijon"ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Qolgan daqiqalarda "Mash’al" hisobni tenglashtirishga harakat qildi, biroq "Andijon" o‘z ustunligini saqlab qolib, safardan uch ochko bilan qaytdi.
Bahs davomida Humoyunmirzo Iminov, Mahmud Jo‘raboyev va Aleksandre Andronikashvili sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
Uchrashuvni bosh hakam Rustam Choriyev boshqardi. VAR vazifasini Abdurashid Xudoyberganov bajardi.













