"Barselona"ning sobiq sardori Karles Puyol o‘zi o‘ynagan barcha "El-Klasiko"lar orasida eng sevimlisini ta’kidladi. Puyol 2009 yil may oyida "ko‘k-anorranglilar"ning "Santyago Bernabeu"da "Real"ni 6:2 hisobida mag‘lub etganini esladi.
"Men ko‘plab "El-Klasiko"larda o‘ynash baxtiga muyassar bo‘lganman, ammo Madriddagi 6:2 hisobidagi g‘alaba men uchun eng yaxshi esda qolgan mavsum. Bu qiyin mavsum edi, Gvardiolaning birinchi mavsumi. Biz birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, ammo keyin "Real Madrid" farqni kamaytirdi. To‘rtta o‘yin qolganida, biz "Real Madrid"dan to‘rt ochko oldinda edik. Keyin biz o‘z maydonida ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdik, bu esa deyarli chempionlikni ta’minladi", dedi Puyol.
Shuni ta’kidlash kerakki, Karles Puyol o‘sha "El-Klasiko"da gol urgan.













