Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Harri Keyn Jamal Musialaning yana hushidan ketganiga munosabat bildirdi

Harri Keyn Jamal Musialaning yana hushidan ketganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn jamoa yarim himoyachisi Jamal Musialaning yana maydonda hushidan ketgani haqida fikr bildirdi.

Musiala 18 avgust kuni «Xaydenxaym»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:4) maydonga tushganidan bir necha daqiqa o‘tib, o‘zini yomon his qilgan va hushidan ketgan. Bu futbolchi bilan to‘rt kun ichida ikkinchi bor sodir bo‘lgan holat.

Avvalroq, 15 avgust kuni 23 yoshli Musiala «RB Leypsig»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (3:1) ham hushidan ketgan edi. O‘sha uchrashuvning 83-daqiqasida, gol urganidan ko‘p o‘tmay, futbolchi maydonda hushini yo‘qotgan.

— Jamal hozir, shubhasiz, og‘ir davrni boshdan kechirmoqda. U ijtimoiy tarmoqlarda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari haqida yozganini bilaman. Biz uchun eng muhimi — Jamalni qo‘llab-quvvatlash. U ajoyib futbolchi, mislsiz iqtidorga ega. U jamoamizning muhim qismi.

Biz uning uchun juda qayg‘uryapmiz. So‘nggi o‘yinlarda shunga o‘xshash holatlar sodir bo‘lganida ham unga juda achinib ketdik. U «Bavariya»dagi barchadan, shuningdek, do‘stlari va oilasidan to‘liq qo‘llab-quvvatlov borligini biladi. Biz unga bu jarayonni yengib o‘tishda yordam berish uchun doimo yonida bo‘lamiz.

U har kim ham duch kelavermaydigan vaziyatni boshdan kechirmoqda. Ammo bunday holatni muvaffaqiyatli yengib o‘tgan insonlar ham bor. U eng yaxshi holatda bo‘lish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilyapti. O‘tgan mavsumda og‘ir jarohatdan tiklanganini ham bilaman. U qanchalik ko‘p mehnat qilayotgani va maydonda qanchalik ko‘p mashg‘ulot o‘tkazayotganini ko‘rib turibman, — dedi Keynning so‘zlarini FourFourTwo keltirdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:05, 20.08.2026.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик