Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Yan Oblak La Liga tarixida rekord o‘rnatdi

Yan Oblak La Liga tarixida rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi Ispaniya chempionatining yangi mavsumini "Malaga" ustidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi.

Ushbu uchrashuv madridliklarning sloveniyalik darvozaboni Yan Oblak uchun yubiley o‘yini bo‘ldi. 33 yoshli golkiper "Atletiko" safida Ispaniya chempionatidagi 400-uchrashuvini o‘tkazdi.

Oblak La Liga tarixida 400 ta o‘yin marrasiga yetgan 11-darvozabonga aylandi. Shu bilan birga, u bunday natijani qayd etgan ilk xorijlik golkiper bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Yan Oblak 2014 yildan buyon "Atletiko" sharafini himoya qilib kelmoqda. Ispaniyaga ko‘chib o‘tishidan avval u Portugaliyada to‘p tepgan. Darvozabon "Benfika"ga tegishli bo‘lgan, ammo Lissabon klubi asosiy tarkibida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan va faoliyatining ma’lum qismini ijara asosida boshqa jamoalarda o‘tkazgan.

Kiritildi: 12:17, 20.08.2026.
O'qildi: 563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик