Italiyalik hujumchi Vinchenso Grifo Germaniya Bundesligasidagi faoliyatini davom ettiradi. U "Frayburg" bilan shartnomasini uzaytirdi.
Grifo "Frayburg" tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib, klub safida o‘tkazgan 360 ta uchrashuvida 108 ta gol urgan.
Futbolchi "Frayburg"dagi faoliyatini 2015 yilda boshlagan. O‘shanda 23 yoshli Grifo "Xoffenxaym"dan ushbu klubga o‘tgan edi.
Germaniya chempionatining yangi mavsumi 28 avgust kuni boshlanadi. Birinchi turda "Frayburg" o‘z maydonida "Verder"ni qabul qiladi. O‘tgan mavsumda Grifo jamoasi chempionatni yettinchi o‘rinda yakunlagan.













