Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Unai Emeri Olli Uotkinsni "Aston Villa"dan qo‘yib yubormoqchi emas

Unai Emeri Olli Uotkinsni "Aston Villa"dan qo‘yib yubormoqchi emas

Baho:
+ | -

"Aston Villa" hujumchi Olli Uotkinsni jamoada saqlab qolmoqchi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri yozgi transfer oynasida Uotkinsni qo‘yib yubormoqchi emas. Avvalroq hujumchi klub bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan, ammo "Aston Villa" unga yangi taklif bergan.

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi Uotkinsga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Biroq "Aston Villa"ni futbolchini qo‘yib yuborishga ko‘ndirish oson bo‘lmaydi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, klub "Al-Hilol"ning 45 million yevrolik taklifini rad etgan.

Futbolchining o‘zi hozircha kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilmagan va turli variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor.

30 yoshli Uotkins o‘tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida 55 ta uchrashuv o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:01, 20.08.2026.
O'qildi: 549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик