Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

OFK klublar reytingida O‘zbekiston jamoalarining ochkolari qanday hisoblanadi?

OFK klublar reytingida O‘zbekiston jamoalarining ochkolari qanday hisoblanadi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

OFKning bu yilgi klublar reytingida ochkolar qanday hisoblanishi haqida savollar bo‘lmoqda. Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev bu haqda o‘z telegram kanalida to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekiston

"Neftchi" va "Paxtakor" OFK Chempionlar ligasi Elit turnirida ishtirok etadi. Ularning har bir g‘alabasi uchun 3 ochko, durang uchun esa 1 ochko beriladi. Guruhdan chiqish 3 ochko, keyingi har bir bosqichga chiqish esa 1,5 ochko keltiradi.

"Nasaf" OFK Chempionlar ligasi 2 turnirida ishtirok etadi va unda ham xuddi shu ochkolar tizimi amal qiladi.

Biroq Elit Chempionlar ligasida klublar o‘z mamlakatiga to‘liq ochko keltirsa, Chempionlar ligasi 2da 0,667 koeffisiyent qo‘llanadi. Ya’ni "Nasaf"ning g‘alabasi 2 ochko, durangi esa 0,667 ochkoga teng bo‘ladi.

Shundan so‘ng O‘zbekistonning barcha klublari to‘plagan ochkolar yig‘indisi 3 ga bo‘linadi.

Oddiy qilib aytganda, "Neftchi" va "Paxtakor"ning har bir g‘alabasi O‘zbekiston reytingiga 1 ochko, durangi esa 0,333 ochko qo‘shadi. "Nasaf"ning har bir g‘alabasi 0,667 ochko, durangi esa 0,222 ochko keltiradi.

Turkmaniston

"Arkadag" Chempionlar ligasi 2da ishtirok etadi va uning ochkolari "Nasaf"niki kabi hisoblanadi.

"Ahal" OFK Chellenj ligasida 0,5 koeffisiyent asosida ochko to‘playdi.

Turkmanistondan qit’a musobaqalarida faqat ikkita klub ishtirok etgani uchun to‘plangan ochkolar yig‘indisi 2 ga bo‘linadi.

Oddiy qilib aytganda, "Arkadag"ning har bir g‘alabasi Turkmanistonga 1 ochko, durangi 0,333 ochko keltiradi. "Ahal"ning har bir g‘alabasi esa mamlakat reytingiga 0,75 ochko, durangi 0,25 ochko qo‘shadi.

Tojikiston

OFK Chellenj ligasida ishtirok etadigan "Istiqlol" va "Regar-TadAZ" klublarining ochkolari "Ahal"niki kabi hisoblanadi.

Kiritildi: 13:21, 20.08.2026.
O'qildi: 1161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик