"Tuluza" Tomas Yorgensenni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
20 yoshli yarim himoyachi Fransiya klubiga "Viborg"dan o‘tdi. L’Equipe ma’lumotiga ko‘ra, transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil etgan va bonuslar hisobiga 10 million yevrogacha yetishi mumkin.
Agar barcha bonuslar to‘lansa, Yorgensenning transferi "Tuluza" tarixidagi eng qimmat xaridga aylanishi mumkin. Hozirgi rekord "Dijon"dan 8 million yevroga sotib olingan Uesli Saidga tegishli.
Yorgensen joriy mavsum Daniya chempionatida 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urgan.













