Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

«Komo» «MYU»ning sobiq himoyachisi transferi bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirdi

«Komo» «MYU»ning sobiq himoyachisi transferi bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirdi

Baho:
+ | -

«Komo» «Vilyarreal» markaziy himoyachisi Villi Kambvala transferi bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljidi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar jadal kechmoqda. Fransiyalik himoyachi Italiya klubining transfer bozoridagi ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Avvalroq jurnalist Matteo Moretto 21 yoshli futbolchi «Osasuna» bilan shartnomaning deyarli barcha shartlarini og‘zaki kelishib olgani haqida xabar bergan edi.

Shu bilan birga, Kambvalaning sobiq klubi «Manchester Yunayted» futbolchining keyingi transferidan ma’lum foiz olish huquqiga ega.

Kambvala 2024 yil yozida «Manchester Yunayted»dan «Vilyarreal»ga 10 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. O‘tgan mavsumda u son orqa qismi payidan olgan jarohati sabab bor-yo‘g‘i ikkita uchrashuvda maydonga tushdi.

Kiritildi: 15:48, 20.08.2026.
O'qildi: 917 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик