«Vulverxempton» «Renn» yarim himoyachisi Jordan Jeymsni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. Kelishuvda 22 yoshli Uels terma jamoasi futbolchisini keyinchalik to‘liq sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.
Jeyms o‘tgan mavsumni ham ijarada — Chempionshipda ishtirok etgan «Lester» safida o‘tkazdi. U mavsum yakunlariga ko‘ra chempionatning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Shuningdek, Jeyms «Lester»da muxlislar va jamoadoshlari talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinlarini ham qo‘lga kiritdi.
Uelslik yarim himoyachi «Lester» safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jeyms 2024 yilda «Birmingem»dan «Renn»ga ko‘chib o‘tgan. U Fransiya klubi safida 25 ta uchrashuvda ishtirok etgan.













