Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 0-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Atubolining «Marsel»ga transferi to‘xtab qoldi

Atubolining «Marsel»ga transferi to‘xtab qoldi

Baho:
+ | -

«Frayburg» darvozaboni Noa Atubolining «Marsel»ga ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yetib kelgan edi. Biroq o‘tgan dam olish kunlaridan boshlab kelishuv jarayoni pauzaga qo‘yilgan.

Shu bilan birga, Frankfurtning «Ayntraxt» klubi ham 24 yoshli nemis darvozabonini o‘z transfer ro‘yxatiga kiritgan. Agar klub Kauan Santos yoki Mixael Settererdan biri bilan xayrlashsa, Atubolu darvozabon pozisiyasini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biriga aylanishi mumkin. Biroq uning transferi katta mablag‘ talab qilishi kutilmoqda.

Atubolining o‘zi esa «Frayburg»ni tark etish istagini bildirgan.

Noa «Frayburg» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va asosiy jamoada 2022/23 yilgi mavsumda debyut qilgan. O‘tgan mavsumda u 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 70 ta gol o‘tkazib yubordi. Darvozabon 12 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 18:01, 20.08.2026.
O'qildi: 782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик