Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb

Superliga. “Qo‘qon-1912” Toshkentda, “Lokomotiv” esa Xorazmda g‘alaba qozondi

Superliga. “Qo‘qon-1912” Toshkentda, “Lokomotiv” esa Xorazmda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv yakunlandi.

“Bunyodkor” — “Qo‘qon-1912”
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” klubini qabul qildi. Bellashuvda mehmonlar kichik hisobda zafar quchdi.

Birinchi bo‘limning 3-daqiqasida Qo‘qon shahri jamoasi hisobni ochdi. Ushbu vaziyatda hujumchi Shota Gvaraza raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida hisob o‘zgarmadi. Natijada “Qo‘qon-1912” jamoasi mehmonda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Qo‘qon-1912” 18 ochko bilan turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda. “Bunyodkor” esa 19 ochko bilan 13-pog‘onadan joy olgan.

“Bunyodkor” 19-tur doirasida mehmonda “Lokomotiv” bilan bahs olib boradi. “Qo‘qon-1912” esa “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

O‘zbekiston Superligasi, 18-tur
“Bunyodkor” — “Qo‘qon-1912” 0:1
Gol: 0:1 — Gvaraza (3).

“Xorazm” — “Lokomotiv”

Turning yana bir bahsi Xorazmda bo‘lib o‘tdi. Unda “Xorazm” jamoasi “Lokomotiv” klubi bilan bahs olib bordi.

Birinchi bo‘limning 7-daqiqasida Quvochbek Abrayev penaltidan gol urib mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 19 daqiqa o‘tib, mezbonlar hisobni tenglashtirdi. Jarimadan uzatilgan to‘pni Sunnatillo Hamidjonov boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Ikkinchi bo‘limning 47-daqiqasida mehmonlar vingeri Suhrob Nurulloyev “temir yo‘lchilar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 77-daqiqada “Lokomotiv” hujumchisi Jasur Yaxshiboyev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 1:3.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Lokomotiv” 28 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. “Xorazm” esa 20 ochko bilan turnir jadvalida 11-o‘rindan joy olgan.

“Xorazm” 19-tur doirasida “Andijon”ga safar qiladi. “Lokomotiv” esa “Bunyodkor” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston Superligasi, 18-tur
“Xorazm” — “Lokomotiv” 1:3
Gollar: 0:1 —Abrayev, penalti (37), 1:1 — Hamidjonov (18), 1:2 — Nurulloyev (47), 1:3 — Yaxshiboyev (77).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:30, 20.08.2026.
O'qildi: 1102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик