Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

«Real» futbolchisi «Liverpul»ga o‘tishni rad etdi

«Real» futbolchisi «Liverpul»ga o‘tishni rad etdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik joriy transfer oynasida «Liverpul»ga o‘tishni rejalashtirmayapti.

Angliya grandi 20 yoshli futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq ESPN Brasil xabariga ko‘ra, forvard bu taklifni rad etgan. Futbolchi «Real»ni tark etishni istamayapti va Joze Mourinyo qo‘l ostida «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibidan o‘rin olish uchun kurashmoqchi.

Transfermarkt portali Endrikning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda, uning amaldagi shartnomasi esa 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida braziliyalik futbolchi ijara asosida Fransiyaning «Lion» klubida to‘p surgan edi.

Avvalroq Endrikka «Roma» va «Aston Villa» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 06:29, 21.08.2026.
O'qildi: 661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик