Krishtianu Ronaldu 2026/2027 yilgi mavsumda «An-Nasr»ning stardagi ikkita o‘yinini o‘tkazib yubordi, chunki u ta’tildan so‘ng jamoa ixtiyoriga kechroq kelib qo‘shilgan edi. 41 yoshli hujumchi ayni damda optimal sport formasini tiklash ustida ishlamoqda.
Payshanba kuni Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga mashg‘ulotlardan olingan bir qator suratlarni joyladi va surat ostiga faqat birgina so‘zni yozib qoldirdi.
«Diqqat qaratganman», — deb yozdi portugaliyalik yulduz.
Krishtianu Ronalduning «An-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
21 avgust kuni «An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Al-Riyod» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.













