«Yuventus»ning hujumkor yarim himoyachisi Kenan Yildiz joriy transfer oynasida Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishi amrimahol.
Jurnalist Matteys Pogning xabar berishicha, «kanonirlar» turkiyalik yosh yulduz uchun 100 million yevro taklif qilishgan, biroq «keksa sinyora» vakillari muzokaralar olib borishni istashmagan. 21 yoshli futbolchining o‘zi ham bu transferga qiziqish bildirmagan — u Turinda qolishni afzal ko‘rmoqda.
Transfermarkt portalida Kenan Yildizning transfer qiymati 75 million yevroga baholangan, uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Mish-mishlarga ko‘ra, «byankoneri» hujumchisini sotib olishga «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetaning o‘zi shaxsan qiziqqan edi.













