Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldinyo: «Men doim «Milan»ni kuzatib boraman, bu jamoani juda yaxshi ko‘raman»

Ronaldinyo: «Men doim «Milan»ni kuzatib boraman, bu jamoani juda yaxshi ko‘raman»

Baho:
+ | -

20 avgust kuni braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldinyo «Ravenna» klubining faxriy futbolchisi sifatida tanishtirildi.

Taqdimotdan so‘ng matbuot vakillari bilan suhbatlashgan Ronaldinyo Italiyada o‘tkazgan yillarini iliq xotirlashini va sobiq jamoasi «Milan»ni hamon kuzatib borishini aytdi.

«Italiya bilan bog‘liq ajoyib xotiralarim bor. Derbida urgan golim esa eng yorqin lahza bo‘lgan. Men doim «Milan»ni kuzatib boraman — bu jamoani juda yaxshi ko‘raman. «Ravenna» va «Milan» o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etilishini istardim», — dedi Ronaldinyo.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldinyo 2008 yilda «Barselona»dan «Milan»ga ko‘chib o‘tgan va 2011 yilga qadar «rossoneri» sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 06:54, 21.08.2026.
O'qildi: 506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик