Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Alvares «Arsenal»ni yana rad etdi — u faqat «Barselona»ga o‘tmoqchi

Alvares «Arsenal»ni yana rad etdi — u faqat «Barselona»ga o‘tmoqchi

Baho:
+ | -

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares hamon «Arsenal»ga o‘tishni istamayapti. Argentinalik futbolchining asosiy maqsadi faoliyatini «Barselona»da davom ettirish bo‘lib qolmoqda. So‘nggi xabarlarda ham Alvaresning aynan Kataloniya klubini afzal ko‘rayotgani qayd etilgan.

26 yoshli hujumchi «Barselona» safiga qo‘shilishni xohlamoqda, ammo «Atletiko» o‘zining asosiy raqiblaridan birini kuchaytirish niyatida emas. Shu bilan birga, madridliklar futbolchini «Arsenal»ga sotish variantiga nisbatan ancha ochiq pozisiyada.

Jurnalist Xose Alvares ma’lumotiga ko‘ra, «Atletiko» «kanonirlar» bilan muzokara olib borishga tayyor. London klubi vakillari hujumchini fikridan qaytarish umidida u bilan muntazam ravishda aloqaga chiqmoqda. Biroq Alvares hozircha o‘z qarorini o‘zgartirmayapti va «Arsenal»ning takliflarini rad etishda davom etmoqda.

Agar vaziyatda kutilmagan o‘zgarish yuz bermasa, Xulian Alvares «Atletiko»da qolishi mumkin. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 06:56, 21.08.2026.
O'qildi: 776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик