Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

«MYU»da yana transferlar bo‘ladi — Karrik klubning rejasini ochiqladi

«MYU»da yana transferlar bo‘ladi — Karrik klubning rejasini ochiqladi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik klubning yozgi transfer oynasidagi rejalari haqida gapirdi. Mutaxassis mankunianliklar tarkibni yanada kuchaytirish ustida ish olib borayotganini tasdiqladi.

«Qizil iblislar» 22 avgust kuni Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini «Xall Siti»ga qarshi o‘tkazadi. Shunga qaramay, klub transfer bozoridagi faoliyatini yakunlagani yo‘q.

«Biz tarkibni kuchaytirishga intilyapmiz. Albatta, bu yo‘nalishda ish olib boryapmiz. Transfer oynasi yopilgan paytda uning boshidagidan kuchliroq jamoaga ega bo‘lish uchun barcha imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qilyapmiz. Hozircha ishlarimiz yaxshi ketmoqda», — dedi Kerrik. Uning so‘zlarini insayder Fabrisio Romano keltirdi.

O‘tgan mavsumda «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasini 3-o‘rinda yakunlagan.

Kiritildi: 06:59, 21.08.2026.
O'qildi: 1237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик