Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Lempard: «Koventri» va «Arsenal»ning vazifalari har xil»

Lempard: «Koventri» va «Arsenal»ning vazifalari har xil»

Baho:
+ | -

«Koventri Siti» bosh murabbiyi Frenk Lempard APLning 1-turi doirasida «Arsenal»ga qarshi kechadigan safar o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘tgan mavsumda «Koventri» Chempionshipda g‘olib chiqqan bo‘lsa, «Arsenal» APL chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

«Arsenal»ga qarshi o‘ynashimizni bilganimda: «Ha, albatta, hamishagidek-da», deb o‘yladim.

Ammo men bunga qarshi emasman. Juma oqshomida «Arsenal»ga qarshi bahs — butun dunyo bizni kuzatadi, shunday emasda? Bu mavsumni boshlash uchun ajoyib imkoniyat. Biz bu o‘yinda autsayder bo‘lamiz va bu meni umuman tashvishga solmaydi. Qaytaga, ma’lum ma’noda qo‘shimcha motivasiya beradi. «Arsenal»ga muxlislik qiladigan do‘stlarim bor. Ular stadionda bo‘lishadi va jamoalarining holatidan mamnun bo‘lishsa kerak. Lekin biz aynan shuning uchun bu yerdamiz, to‘g‘rimi? Biz shunchaki imkon qadar eng yaxshi tarzda tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilyapmiz.

«Arsenal» bilan o‘yin darhol hammani vaziyatga real qarashga majbur qiladi. «Koventri» — «Arsenal» emas. Bu mavsumda jamoalarning vazifalari, maqsadlari va muvaffaqiyat me’yorlari mutlaqo boshqacha. «Koventri Siti» uchun ular keskin o‘zgardi. O‘tgan mavsumda maqsad Chempionship tituli edi. Endi esa — Premyer-ligadagi o‘rinni saqlab qolish», — deydi Lempard.

Kiritildi: 07:46, 21.08.2026.
O'qildi: 460 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик