"Kristal Pelas"ning fransiyalik hujumchisi Jan-Filipp Mateta faoliyatini Angliya Premyer-ligasining top-klublaridan birida davom ettirishi mumkin.
Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, "Tottenxem" 29 yoshli futbolchining so‘nggi mavsumlardagi o‘sishidan mamnun va uning vaziyatini kuzatib borayotgan klublar qatoriga kiradi.
"Kristal Pelas" Matetani jamoada saqlab qolishni istamoqda. Biroq hujumchining amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakunlanishi va yangi kelishuv bo‘yicha takliflarni rad etgani klubning pozisiyasini murakkablashtirmoqda. Agar "Tottenxem" jiddiy taklif bilan chiqsa, "burgutlar" uni rad etishda qiynalishi mumkin.
O‘tgan mavsumda Mateta barcha musobaqalar doirasida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













