Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm 1-3 Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

APL starti arafasida Risharlison hayotida muhim voqea yuz berdi

APL starti arafasida Risharlison hayotida muhim voqea yuz berdi

Baho:
+ | -

«Tottenhem» va Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Risharlison sevgilisi Amanda Araujoga turmush qurishni taklif qildi. Futbolchining taklifi ijobiy qabul qilindi va juftlik unashtirildi.

Marosim Londondagi mashhur The Shard osmono‘parida joylashgan Shangri-La mehmonxonasida o‘tkazildi. Risharlison bu lahza uchun maxsus romantik muhit tayyorlatgan: xona shamlar, atirgul yaproqlari va yurak shaklidagi bezaklar bilan jihozlangan.

Amanda ijtimoiy tarmoqda unashtiruv marosimidan suratlarni e’lon qilib, qisqa izoh qoldirdi:

«Men “ha” dedim».

Uning sahifasini 1,5 milliondan ortiq foydalanuvchi kuzatib boradi. Amanda model va inflyuyenser sifatida ham tanilgan.

Juftlikning tanishuv tarixi ham qiziq. Amanda avvalroq bergan intervyusida Risharlison bilan 2019 yilda PUBG Mobile o‘yini bo‘yicha musobaqa vaqtida tanishganini aytgan. Ular dastlab internet orqali muloqot qilgan, 2022 yilda esa ilk bor yuzma-yuz uchrashgan. Keyinchalik munosabatlarini rasman boshlagan.

2025 yil iyunda Risharlison va Amanda farzandli bo‘ldi. O‘g‘ilga otasining sharafiga Risharlison Junior deb ism qo‘yilgan.

Risharlison shaxsiy hayotidagi muhim voqeani yangi futbol mavsumi boshlanishi arafasida nishonladi. «Tottenhem» 2026/27 yilgi Premyer-ligadagi ilk uchrashuvini 22 avgust kuni «Brentford»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 12:06, 21.08.2026.
O'qildi: 688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик