Ekvadorning Guayakil shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tib, vakillarimiz 1 ta oltin va 3 ta bronza medal qo‘lga kiritdi.
-40 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Iroda Sirojiddinova barcha raqiblarini mag‘lub etib, jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi va O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga dastlabki oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Shuningdek, -55 kg vazn toifasida Bobur Yusupov, -44 kgda Alina Kolyucheva hamda -48 kgda Charos Hikmatova bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi jahon chempionatining dastlabki kunini 4 ta medal — 1 ta oltin va 3 ta bronza bilan yakunladi.













