Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Kanselu: "Meni faqat "Real"ni emas, har qanday raqibni mag‘lub etish ruhlantiradi"

Kanselu: "Meni faqat "Real"ni emas, har qanday raqibni mag‘lub etish ruhlantiradi"

Baho:
+ | -

"Barselona"ga to‘liq transfer asosida qaytgan Joau Kanselu o‘z maqsadlari va yangi mavsumdagi motivasiyasi haqida gapirdi. Portugaliyalik himoyachi Kataloniya klubi bilan 2029 yilgacha shartnoma imzoladi.

"Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz, tarkibimizda juda yuqori saviyali futbolchilar bor. Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Meni faqat "Real"ni emas, har qanday raqibni mag‘lub etish ruhlantiradi. Men raqobatni yaxshi ko‘raman. Hayotimda ko‘plab kurashlarda g‘olib chiqqanman va faqat "Real"ni emas, barcha raqiblarni yengishni xohlayman. Bizda har qanday jamoani mag‘lub eta oladigan ajoyib tarkib bor", — dedi Kanselu.

Kanselu avval ham "Barselona" sharafini himoya qilgan. U dastlab 2023/24 yilgi mavsumda "Manchester Siti"dan ijara asosida Kataloniya klubiga kelib, 42 ta uchrashuvda 4 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etgan.

Keyinchalik portugaliyalik futbolchi "Al-Hilol"ga o‘tdi. 2026 yil yanvarda esa yana ijara asosida "Barselona"ga qaytdi. Endi Kanselu Kataloniya klubiga to‘liq huquqli futbolchi sifatida qo‘shildi.

Kiritildi: 12:57, 21.08.2026.
O'qildi: 532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик