"Arsenal"ning sobiq futbolchisi, hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Pol Merson "Chelsi"ning Angliya Premyer-ligasidagi yangi mavsumdagi imkoniyatlariga baho berdi.
Mersonning fikricha, "ko‘klar"ning yevrokuboklarda ishtirok etmasligi jamoaga katta ustunlik beradi. Uchrashuvlarning asosan haftasiga bir marta o‘tkazilishi Xabi Alonsoga futbolchilarni yaxshiroq tayyorlash va o‘z g‘oyalarini jamoaga singdirish uchun ko‘proq vaqt taqdim etadi. Ekspert o‘z prognozida "Chelsi"ni mavsumni uchinchi o‘rinda yakunlashga da’vogar sifatida ko‘rsatgan.
"Chelsi"da katta ustunlik bor — ular haftasiga bir marta o‘ynaydi. Bu juda muhim va ular bundan foydalanishi kerak. "Chelsi" tarkibiga qarasangiz, hammasi joyida. Jamoada ayrim pozisiyalarda asosiy futbolchilar o‘rnini bosib, saviyani pasaytirmaydigan o‘yinchilar bor. Ularda imkoniyat bor", — dedi Merson.
"Chelsi" yangi APL mavsumini 24 avgust kuni safarda "Fulxem"ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.













