Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Joze Mourinyo: «Biz o‘rtoqlik o‘yinlaridan charchadik»

Joze Mourinyo: «Biz o‘rtoqlik o‘yinlaridan charchadik»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo rasmiy o‘yinlarni sog‘inganini va mavsum debyuti oldidan xotirjam ekanini tan oldi. «Qaymoqranglilar» 2026/27 yilgi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini La Liganing 2-turi doirasida 22 avgust, shanba kuni safarda «Espanyol»ga qarshi o‘tkazishadi.

«O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Xotirjamman, bu shunchaki navbatdagi mavsum. Jamoaning turli guruhlarga bo‘lingani sababli mavsumni boshlash biroz qiyin kechdi: ba’zi futbolchilar 36 ta mashg‘ulot va 6 ta o‘yinda qatnashgan bo‘lsa, boshqalarida mashg‘ulot va o‘yinlar soni kamroq bo‘ldi. Shunga qaramay, hozirgi vaziyatdan mamnunman. Yana bir hafta tayyorgarlik ko‘rishni xohlarmidim? Ha. Ammo biz o‘rtoqlik o‘yinlaridan charchadik. Biz bu kasbni o‘rtoqlik o‘yinlari uchun emas, haqiqiy o‘yinlar uchun sevamiz.

O‘tgan mavsumda jarohat olgan futbolchilar uzoq muddatga safdan chiqishgan va ularning ikki-uch haftada tayyor bo‘lishini kutmayapman. Yangilardan faqat Endrik ertangi o‘yinda maydonga tushmaydi. Tchuamenining ahvoli yaxshi, u tiklanishni tezlashtirish uchun mashg‘ulotlarni davom ettiradi, ammo ertangi bahsga to‘liq tayyor bo‘la olmaydi», — deydi Mourinyo.

Kiritildi: 15:25, 21.08.2026.
O'qildi: 1028 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик