Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

“Vest Hem” muxlislaridan Falastinga qarshi qo‘shiqlarni kuylamaslikni so‘radi

“Vest Hem” muxlislaridan Falastinga qarshi qo‘shiqlarni kuylamaslikni so‘radi

Baho:
+ | -

Chempionshipda ishtirok etayotgan “Vest Hem” klubi rahbariyati joriy mavsumdagi ilk uy uchrashuvi oldidan o‘z muxlislarini Falastinga qarshi mazmundagi chorlovlar va qo‘shiqlarni kuylashni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

20-avgust, payshanba kuni e’lon qilingan rasmiy bayonotda London klubi 1-tur doirasidagi “Byornli”ga qarshi safar bahsida ayrim muxlislar tomonidan “haqoratli va nifoq soluvchi” qo‘shiqlar kuylanganidan xabardor ekanini ma’lum qildi:

“Biz muxlislarimizni klubimiz hamda futbolchilarimizni baralla va g‘urur bilan qo‘llab-quvvatlashga undaymiz. Biroq bu boshqa ishqibozlar orasida nifoq keltirib chiqaradigan yoki kimnidir haqorat qiladigan shaklda bo‘lmasligi shart”, deyiladi klub bayonotida.

Ma’lumot o‘rnida, “Vest Xem” yozgi transferlar oynasi vaqtida“Tottenxem”dan isroillik vinger Manor Solomonni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Biroq futbolchining G‘azodagi urush fonida Isroilni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlashi jiddiy noroziliklarni yuzaga keltirib, jamoa muxlislarini ikkiga ajratib qo‘ydi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 15:56, 21.08.2026.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик