"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu juma kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘ziga berilgan noodatiy savolga javob qaytardi.
Jurnalist portugaliyalik mutaxassisdan: "2013 yildagi Mourinyu bugungi Mourinyuga qanday maslahat bergan bo‘lardi?" — deb so‘radi.
"Yaxshi savol. Falsafiy. Murakkab. Eshiting... Gap shundaki, bugungi Mourinyu 2013 yildagi Mourinyuga maslahat bera oladi. Ammo 2013 yildagi Mourinyu bugungi Mourinyuga — yo‘q.
Siz otangizga maslahat berasizmi yoki otangiz sizga maslahat beradimi? Xotirjam bo‘lish kerak. Hozir men uchun xotirjamlikni saqlash 5, 10 yoki 20 yil avvalgiga qaraganda osonroq.
Siz men hali ham qizil kartochkalar olayotganimni aytishingiz mumkin, lekin men bu haqda gapirmayapman. Futbol — haftasiga yetti kun, sutkasiga 24 soat. Buni hisoblasangiz, juda ko‘p soat futbol bilan yashaysiz. Aynan mana shu vaqt davomida xotirjamlikni saqlash kerak", — dedi Mourinyu.
22 avgust kuni "Real" La Liga doirasida safarda "Espanyol"ga qarshi maydonga tushadi.













