"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Espanyol"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida yangi mavsumdagi dastlabki uchrashuv uchun asosiy tarkib qanday bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi.
"Birinchi asosiy tarkib... Keling, orangizdan kimning aloqalari yaxshiroq ekanini ko‘ramiz. Futbolchilar maydonga kim tushishini allaqachon bilishadi. Men nimanidir yashiradigan insonlardan emasman. Ular hammasini bilishadi.
Ehtimol, bir-ikki soatdan keyin sizlardan kimdadir bu haqda ma’lumot paydo bo‘lar. Ammo men bu yerda asosiy tarkibni e’lon qilmoqchi emasman", — dedi Mourinyu.
22 avgust, shanba kuni "Real" La Liga doirasida safarda "Espanyol"ga qarshi maydonga tushadi.













