Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

"Manchester Siti" ikki yarim himoyachi olmoqchi — 5 nafar nomzod ma’lum

"Manchester Siti" ikki yarim himoyachi olmoqchi — 5 nafar nomzod ma’lum

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" joriy transfer oynasida tarkibini ikki nafar yarim himoyachi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda GIVEMESPORT xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "shaharliklar"ning birinchi transferi "Lill" yarim himoyachisi Ayyub Buaddi bo‘lishi kutilmoqda. Tomonlar futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

"Manchester Siti" ikkinchi yarim himoyachi borasida hali yakuniy qaror qabul qilmagan. Angliya klubi bir nechta futbolchidan iborat qisqa ro‘yxat tuzgan va unga besh nafar nomzod kiritilgan.

Ro‘yxatdan "Chelsi" futbolchisi Enso Fernandes, "Liverpul" a’zosi Aleksis Makallister, "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uorton, "Bornmut" futbolchisi Aleks Skott hamda "Roma" vakili Manu Kone joy olgan.

"Manchester Siti" ushbu futbolchilardan birini Buaddi bilan birga jamoa yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 17:54, 21.08.2026.
O'qildi: 878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик