Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Buyuk Britaniya JCH-2042ni o‘tkazish uchun kurashga qo‘shilishi mumkin

Buyuk Britaniya JCH-2042ni o‘tkazish uchun kurashga qo‘shilishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Buyuk Britaniya kelajakda futbol bo‘yicha jahon chempionatini qabul qilish uchun ariza topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bosh vazir Endi Byornem ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda va Angliya futbol assosiasiyasi hamda Premyer-liga bilan bu borada muzokara olib bormoqda.

The Sun ma’lumotiga ko‘ra, jahon chempionatini o‘tkazish orqali mamlakatga qo‘shimcha investisiyalar va sayyohlarni jalb qilish, shuningdek, hududlarda infratuzilmani rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Musobaqa o‘yinlarini Buyuk Britaniyaning bir nechta shaharlarida tashkil etish, "Uembli" stadioniga esa final bahsini berish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Ayrim xabarlarda 2038 yoki 2042-yilgi turnir tilga olingan bo‘lsa-da, The Times ma’lumotiga ko‘ra, amaldagi FIFA qoidalari saqlanib qolsa, Buyuk Britaniya qabul qilishi mumkin bo‘lgan eng yaqin jahon chempionati 2042-yilgi turnir bo‘ladi.

Angliya so‘nggi bor 1966-yilda jahon chempionatiga mezbonlik qilgan. O‘shanda mezbonlar finalda G‘arbiy Germaniyani qo‘shimcha vaqtda 4:2 hisobida mag‘lub etib, tarixida ilk va hozircha yagona bor jahon chempioni bo‘lgan.

Shuningdek, Buyuk Britaniya va Irlandiya 2028-yilgi Yevropa chempionatiga mezbonlik qiladi. 2030-yilgi JCHning asosiy o‘yinlari Ispaniya, Portugaliya va Marokashda, 2034-yilgi musobaqa esa Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi. 

Kiritildi: 21:48, 21.08.2026.
O'qildi: 681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик