Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

«Brayton» Balebani 76 mln yevroga «MYU»ga sotishga rozi bo‘ldi

«Brayton» Balebani 76 mln yevroga «MYU»ga sotishga rozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Brayton» markaziy yarim himoyachisi Karlos Baleba faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettiradi. «Brayton» rahbariyati 22 yoshli kamerunlik tayanch yarim himoyachisini mankunianliklarga 76 million yevro evaziga sotishga rozilik berdi.

2025 yilda klub o‘z yetakchilaridan birini 140 million yevrodan kam bo‘lmagan summaga qo‘yvormoqchi emas edi. Biroq joriy yozda transfer narxi dastlab 84 million yevroga, yakunda esa 76 million yevrogacha tushdi.

Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, bitim allaqachon to‘liq yakunlangan va rasmiy e’lon tez orada kutilmoqda.

Baleba «Brayton» tarkibida jami 112 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali iqtidorli futbolchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 06:16, 22.08.2026.
O'qildi: 635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик